Ayollarni yuksaklarga ko’targan va sharaf tojini kiydirgan Islom dini oila masalasiga ham jiddiy e’tibor beradi. Naslni saqlash, nafsni tiyish, jamiyatni turli axloqiy buzuqliklar va fahshdan asrash, tinch va farovon hayotni vujudga keltirish uchun kurashadi. Islomiy tarbiya er-xotin va farzandlar o’rtasida chinakam muhabbat va mehr-oqibat rishtalarini bog’lash asosiga qurilgan. Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.): «Uylaninglar va ko’payinglar. Chunki haqiqatan men boshqa payg’ambarlar oldida ummatimning ko’pligi bilan faxrlanaman», deganlar. Boshqa bir hadisda Rasuli akram (s.a.v.) shunday buyuradilar: «Kimki uylanishi uchun sharoiti bo’laturib uylanmasa, u bizdan emasdir».
Madaniyat haqida qoloq tushunchaga ega bo’lganlar dunyoning rohati-yu, nafs istaklarini ma’bud darajasiga ko’targanlar. Unday odamlar bir tarafdan huzur-halovatini buzmaslik, boshqa tomondan esa boylik orttiri...
Muhammad (s.a.v.)ga vahiy kelish arafasida dunyoda ikki katta davlat – Rum va Eron bir-birlari bilan raqobatlashar, boshqa xalq va elatlar ustidan hukmlarini o’tkazishar edi. Rum nasroniy davlat, Eron esa otashparastlar yurti edi. Bu davlatlarning qonunchiligi buzuq, inson haq-huquqlari poymol edi, ichki nizolar oqibatida kuchsizlanib qolgan edilar. Arabiston yarim oroli goh u, goh bu davlatning qo’shinlari bilan harbiy to’qnashuvlarga duch kelib turardi. Shu vaziyatda Muhammad (s.a.v.)ga vahiy kelishi, Islom diniga da’vatning boshlanishi, dinning shakllanishi VI-VII asrlarda Arabistonda ijtimoiy-siyosiy hayotni muolaja qiluvchi bir dastur sifatida qarshi olindi. Hayotning barcha jabhalarini qamrovchi Islom ayollar haq-huquqlariga ham katta e’tibor berdi. Ayol eng munosib o’rnini Islomdan topdi.
Islomda ayolning haqlari quyidagicha ado etilishi lozim:
Alloh taolo Yerni yaratishi bilan unga jinlarni joylashtirdi. Jinlar yer yuzida fasod chiqargach, Alloh taolo farishtalardan bir lashkar bilan Iblisni yubordi. Ular jang qilib, jinlarni orollarga va tog’larga surdilar.
Faqat Iblis kibr bilan hech kim qilolmaydigan ishni bajardim, deb o’yladi. Farishtalar Alloh taoloning bilgani – Iblisning kibrini, kekkayganini bilmadilar.
So’ng Alloh taolo farishtalarga «Muhaqqaq, Men yer yuzida (O‘zimga) bir xalifa yaratmoqchiman», deyishi bilan malaklar: «Jinlar kabi u ham yerda buzg’unchilik qiluvchi, qon to’kuvchi bo’ladimi?» dedilar.
Alloh taolo: «Shubhasiz, Men bilganni bilmassiz», ya’ni siz bilmaganni, Men bilguvchiman, dedi. Janobi Haq Odamni yaratmoqni murod qilishi bilan yerga xitoban marhamat qildiki: «Men sendan xalifa yaratmoqchiman, ulardan Menga toat qiluvchilarni jannatga, isyon qiluvchilarni jahannamga joylayman». Alloh taolo yerning turli: oq, qora, qizil tuprog’idan, baland-past, yaxshi-yomon, serhosilu hosilsiz,...
Alloh taolo birinchi ayol – Havvoni erkak, ya’ni Odamning qovurg’asidan yaratgan. Men bu holatdan ham bir ilohiy hikmat tuyaman. Inson tanasini qovurg’asidan ajratib bo’lmaganiday, erkakni ham ayoldan ayirish juda qiyin! Alloh taolo insoniyat silsilasini davom ettirish uchun ayolga onalik baxtini, imkonini bergan. Ayol erkak uchun lazzatli hayot va taskin, osoyishtalik timsoliga aylangan. Qur’oni karimda shunday deyilgan:
“Alloh shundayin zotki, Sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratdi va u orom osoyish topsin, deb uning o’zidan juftini vujudga keltirdi”. (A’rof,189) Yana Qur’oni majidda shunday deyiladi: “Ular (ayollar) Sizlarning libosingiz. Sizlar ular uchun libossiz (ya’ni, er-xotin bir-b...
Аллоҳ таоло айтади: «Албатта, (бузуқ ниятлардан) бехабар, покиза, мўмина аёлларни бадном қиладиган кимсалар дунёда ҳам, охиратда ҳам лаънатга дучор бўладилар. Улар учун улуғ азоб бордир. У Кун (қиёмат)да қилиб ўтган (бўҳтонлари) сабабли уларнинг тиллари ҳам, қўлу оёқлари ҳам ўзларининг зиёнларига гувоҳлик берур» (Нур сураси, 23–24).
«Покиза аёлларни (зинокор) деб бадном қилиб, сўнгра (бу даъволарига) тўртта гувоҳ келтира олмаган кимсалар(ни) – уларни саксон дарра уринглар ва ҳеч қачон улар томонидан бирон гувоҳликни қабул қилманглар! Улар фосиқ – итоатсиз кимсалардир» (Нур сураси, 4). Ҳаромдан сақланган, покиза, ҳур аёлга кимда-ким «зинокор» ёки «фоҳиша» деб туҳмат қилса, унга дунё-ю охиратда лаънат ва улкан азоб бўлишини, бу дунёда эса саксон дарра урилиб, гарчи ишончли бўлса-да, гувоҳлиги бошқа қабул қилинмаслигини Аллоҳ таоло баён қилди. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Еттита ҳалок қилувчи ишдан сақланинглар», деб улар орасида: «(Бузуқ ниятлардан) ғофил...